20 Iyun 2024 yil 4169

Viloyat IIB rahbariyati tomonidan Dang‘ara tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Ma’lumki, muntazam o‘tkazib borilayotgan sayyor qabullar aholi muammolarini joyida o‘rganish va hal qilishda yaxshi samara bermoqda.

Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Mansur Sattarov bugun Dang‘ara tumanida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda, jami 15 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushdi. Shundan 7 ta masala joyida ijobiy hal etildi. 2 ta murojaat tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi, 3 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilib, yana 3 nafar shaxslarning murojaatlari nazoratga olindi. Ijrosi bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech