Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik F.Usarov Dang‘ara tumanida o‘rganishlar olib bordi
Jumladan, tuman markaziy shifoxonasida tashkil etilgan hushyorxona hamda markaziy shifoxonada yaratilgan sharoitlar, ob’ektlarning issiqlik tizimi ko‘zdan kechirildi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek,
F.Usarov Dang‘ara tumani IIB 1-son IIB binosida bo‘lib, xodimlarning xizmatga shayligini
o‘rgandi. Hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Xizmat sifatini yanada oshirish bo‘yicha topshiriqlar
berdi.
Shu kuni Katta
Aravon MFYda tashkil etilgan jamoatchilik nazorati maskani faoliyati ham o‘rganilib,
nazorat maskanida qilingan ishlar, huquqbuzarliklarni oldini olishdagi sayi-harakatlar
yuzasidan zaruriy tavsiyalar berib o‘tildi.
Tadbirlar joylarda davom etmoqda.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati