19 Fevral 2020 yil 1474

Dangʼaradagi YTH oqibatida 3 kishi halok boʼldi, 6 kishi shifoxonada.

2020 yil 18 fevral kuni soat taxminan 08:30 larda Dangʼara tumani А-373-raqamli “Qoʼqon-Toshkent” avtomobil yoʼlining Chinobod qishlogʼi hududida 35-yoshli fuqaro А.U., boshqaruvida boʼlgan «Nexia» rusumli avtomashinani Toshkent-Qoʼqon yoʼnalishi boʼylab boshqarib ketayotgan vaqtida yoʼlning qarama-qarshi yoʼnalishiga chiqib ketib, Qoʼqon-Toshkent yoʼnalishi boʼyicha harakatlanib ketayotgan 37-yoshli Y.А.ning boshqaruvida boʼlgan «Tico» rusumli avtomashina hamda uning ortidan harakatlanib kelayotgan 49-yoshli Z.J.ning boshqaruvida boʼlgan «Jentra» rusumli avtomashinalar bilan toʼqnashib ketgan.

Oqibatda «Jentra» rusumli avtomashina yoʼlovchisi X.M. va «Tico» rusumli avtomashina haydovchisi А.Y. hamda yoʼlovchi B.M.lar olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari YTH oqibatida avtomashinada boʼlgan yana 6 nafar shaxs shifoxonaga yotqazilganlar.

Mazkur holat yuzasidan Dangʼara tumani IIB huzuridagi TB tomonidan А.U.ga nisbatian Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 3 qismi “a” bandi bilan (odamlar oʼlimiga sabab boʼlgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalarini harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligini qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda, natijasiga koʼra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Fargʼona viloyati IIB marhumlarning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiradi. Shu oʼrinda haydovchilardan yoʼlda xushyorlikni oshirgan holda harakatlanishlarini soʼrab qolinadi.

HURMАTLI HАYDOVChILАR SIZNI UYDА YaQINLАRINGIZ KUTMOQDА.

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech