24 Oktyabr 2025 yil
1127
Dang‘ara tumani IIB boshlig‘i sayyor qabul o‘tkazdi
Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyat bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik yaratish, ularning Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini ta’minlash maqsadida Dang‘ara tumani IIB boshlig‘i mayor Bozorboev Jaxongir Xayotjonovich tomonidan qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida 42 nafar fuqarolardan turli masalalarda 18 murojaatlar kelib tushdi. Ulardan 5 tasi joyida ijobiy hal etildi 7 tasi buyicha xukukiy tushuntirish berildi.
Qolgan 6 ta murojaat bo‘yicha kompleks o‘rganish talab etilishi tufayli ijrosini nazoratga olish va yechimini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga alohida vazifalar yuklatildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati