12 Fevral 2020 yil 501

DАNGʼАRАDА YOʼL QOIDАSIGА АMАL QILMАGАN HАYDOVChI BIR KIShINING UMRIGА ZOMIN BOʼLDI

2020 yil 11 fevral kuni soat 13:30 larda, Dang'ara tumani Xo'ja qishlog'i hududida, Toshkent viloyati Olmazor tumanida yashovchi Yu.S. "Matiz" rusumli  avtomobilini boshqarib, ikkinchi darajali yo'ldan asosiy yo'lga chiqayotganida, asosiy yo'ldan harakatlanib kelayotgan Dang'ara tumani Xo'ja qishlog'ida yashovchi Sh.K. “Damas” rusumli  avtomobili bilan to'qnashuv sodir etgan. Natijada, “Damas” avtomobili haydovchisi K.Sh “ko'krak qafasi  qisilishi” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ko'rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Sh.K. kasalxonada vafot etgan.            

 

                                                                                                    Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech