19 Oktyabr 2023 yil 1351

Fargʻona viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan Rishton tumanining Choʻngʻara qishlogʻida manzilli xizmat tashkil etildi

Fargʻona viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlar ishtirokida viloyatimizning eksklav hududi hisoblangan Rishton tumani Choʻngʻara qishlogʻida yashovchi fuqarolarini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi  ID-kartasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti bilan ta’minlash maqsadida mobil koʻchma qurilma hamda maxsus planshet yordamida manzilli xizmat koʻrsatildi.

Tashkil etilgan qabulda 16 yoshga toʻlganligi munosabati bilan  17 nafar fuqarolarga  ID-karta rasmiylashtirish uchun, 11 nafar fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun talabnomalar shakllantirildi. 

Shuningdek, yoshi keksaligi, nogironligi yoki boshqa sabablarga koʻra Fargʻona viloyati IIB MvaFRB hamda uning quyi boʻlimlariga kelib, murojaat qilish imkoniyati cheklangan fuqarolarga yashash xonadonlariga borib, manzilli xizmat koʻrsatish muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech