9 Oktyabr 2024 yil 2618

Buvayda tumani hududida  o‘tkazilgan tungi tadbirlar yuzasidan

Tungi tadbirlar davomida bemaqsad yurgan 26 nafar fuqarolar bilan profilaktik suhbat olib borildi va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan 13 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

8 nafar fuqarolarga jamoat joyida spirtli ichimlik ichgan holda yurganliklari uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Tungi xizmat xodimlari tomonidan oshxona va boshqa aholi gavjum joylar belgilangan vaqtda berkitildi.

Probatsiya hamda HPBda nazorat ostida turgan 6 nafar shaxslarni yashash xonadonlariga borib, sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilishi tekshirildi. 

Yo‘l-transport hodisalarini oldini olish borasida 10 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlanib, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. 10 ta transport vositalari jarima maydoniga joylashtirildi. 1 ta mast holatda avtotransport vositasi boshqargan fuqaro aniqlanib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech