Toshloq tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” mahalla bosqichi boshlandi
Joriy yilning aprel oyida Toshloq tumanida joylashgan 5-sonli umumta’lim maktabi
sport maydonida “Besh tashabbus olimpiyadasi” doirasida muhim sport tadbiri
– “Ichki ishlar vaziri kubogi” uchun musobaqaning mahalla bosqichi tantanali ravishda
start oldi. Ushbu musobaqa mahallalardagi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini
qaror toptirish, ularni ommaviy sportga jalb etish hamda fuqarolar o‘rtasida hamjihatlik
va do‘stlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Tadbirning ochilish marosimida
Toshloq tumani hokimi hamda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i ishtirok etdilar.
Ular yoshlarga muvaffaqiyat va faol ishtirok tilab, musobaqaning ahamiyati va maqsadlari
haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Musobaqa nizomiga ko‘ra, bellashuvlar
16–21 yosh hamda 22–30 yosh toifalari bo‘yicha alohida o‘tkaziladi. Qatnashuvchi
jamoalar o‘rtasida adolatli raqobatni ta’minlash maqsadida qur’a tashlash orqali
guruhlarga ajratish amaliyoti joriy qilindi. Musobaqalar davomida jamoalar sportning
voleybol turi bo‘yicha o‘zaro kuch sinashib, tuman bosqichiga yo‘llanma uchun kurash
olib boradilar.
Ushbu tadbir yoshlarning bo‘sh
vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy faollikni oshirish va sport orqali vatanparvarlik
hissini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.