Beshariq tumanida tezkor-profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda
Tuman hududida
tungi xizmatga xodimlar jalb qilingan xizmat
oldi yo‘riqnomasi o‘tkazilib, xodimlar tomonidan tungi vaqtlarda bemaqsad yurgan
10 nafar shaxslar aniqlanib, ushbu fuqarolarni shaxsiga oydinlik kiritildi hamda
ular tomonidan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etmasliklari to‘g‘risida ogohlantirildi.
Tungi xizmat
davomida 4 ta spirtli ichimlik iste’mol qilish, 2 ta mayda bezorilik, 12 ta boshqa
turdagi huquqbuzarliklar bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlandi. O‘tkazilgan
tadbirlar davomida fuqarolarga avtomashina, velosipedlarni, chorva hayvonlari va
boshqa buyumlarini qarovsiz va nazoratsiz qoldirmasliklari bo‘yicha tushuntirish
ishlari olib borildi.
Tuman hududidagi
o‘quv muassasalari, savdo do‘konlari va tashkilot qorovullarini xizmati tekshirilib,
xizmat vaqtida hushyor turishliklari to‘g‘risida ogohlantirildi.
Tadbir davomida
jami 30 ta ob’ektlar ya’ni, 13 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalari, 1 ta ko‘ngilochar
maskanlar va 16 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari tekshirildi.
Ana shunday
tadbirlar tumanning barcha hududlarida o‘tkazilmoqda.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati