24 Dekabr 2024 yil 3197

General-mayor Azizbek Ikramov Beshariq tumanida Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlarini borib ko‘rdi

Xabaringiz bor shu kunlarda viloyat IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov tomonidan yangi yil bayramini munosib qarshi olish bo‘yicha hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilmoqda.

Viloyatimizning chekka hududi Beshariq tumanida sektor rahbarlari ishtirokidagi ana shunday tadbirda, boshqarma boshlig‘i xalqimiz tinchligini asrash,  bayramni munosib qarshi olishlariga yetarli shart-sharoit yaratish IIO xodimlari oldidagi mas’uliyatli vazifa ekanligini tushuntirdi.

Tumandagi bayram o‘tkaziladigan maydon, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalarini o‘rgandi.

Hududni kuzatuvga olish, bayramni xavfsiz tashkil etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech