28 Dekabr 2023 yil
3519
Beshariq tumanida 6.240.000 so‘mlik pirotexnika vositalarini sotayotgan shaxs qo‘lga tushdi
Beshariq tuman
IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor
tadbir davomida M.A Beshariq tumani markazida joylashgan savdo do‘koni oldida noqonuniy ravishda “Treniya” nomli 24.000 dona
perotexnika vositalarini 6.240.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida aniqlanib, yonida
bo‘lgan ushbu perotexnika vositalari xolislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilib
daliliy ashyo tariqasida olindi.
Pirotexnika vositalari inson hayoti va sog‘ligi uchun xavflidir. O‘zingiz va o‘zgalarni bunday vositalardan jabrlanishiga aslo yo‘l qo‘ymang!
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati