15 Oktyabr 2024 yil 2531

Bag‘dod tumani hududida tungi tadbir davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

Tadbir davomida Bedarak MFYda mavjud 39 ta ob’ektlar to‘liq tekshirildi.

Tungi tadbir davomida  jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan 25 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

YPX, PPX va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan nazorat reydlar o‘tkazilib, 30 ta avtotransport vositalari tekshiruvdan o‘tkazildi, qoidabuzarlik sodir qilgan fuqarolarga nisbatan 12 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Tuman IIB Probatsiya guruhi hisobida bo‘lgan ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan mahkumlarning yashash xonadonlari tekshirildi.

"Tig‘" profilaktik tadbiri davomida 180 nafar fuqarolarning yoni tekshirilib, shundan 14 nafar fuqarolarga kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ogohlantirildi, 1 nafariga o‘tkir tig‘li pichoqni ehtiyotsizlik keltirib chiqaruvchi holatda olib yurganligi aniqlanib, hujjatlar rasmiylashtirildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech