14 Sentyabr 2023 yil 4035

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov  viloyatimizdagi transport va turizm ob’yektlarida,  mahalla va bozorlarda oʻrganishlar olib bordi

Avval xabar berganimizdek, Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor Bahodir Yuldashevich Mirzarahimov  Fargʻona viloyatida boʻlib, bir qator transport va turizm ob’yektlarida,  mahalla va bozorlarda oʻrganishlar olib bormoqda..

Jumladan, Fargʻona tumani “Vodil” shaharchasi, “Dilkusho”, “Boʻston” va “Chimyon” qishlogʻidagi “Xuvaydo” ziyoratgohida, Oltiariq tumanidagi “Poloson”, Qoʻqon shahridagi “Yangiobod” MFYga tashrif buyurib,  mahalla “beshligi” va keng jamoatchilik bilan uchrashdi. Jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib,  profilaktika inspektorlarining xizmat xonalari va xizmat uylarini oʻrgandi.

Bundan tashqari, Rishton tumanidagi “Mingboshi Keramik” xususiy kulolchilik oilaviy korxonasida boʻlib, hunarmandlarning ish faoliyati hamda ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 

Tashrif davomida Qoʻqon shahar IIBda boʻlib, boshqarmaning ma’muriy binolari hamda xodimlarning xizmat faoliyati bilan tanishildi. 

Shundan soʻng Qoʻqon shahrining markaziy buyum bozorida  tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar va bozorning yongʻin xavfsizligi hamda  evakuatsiya qilish rejalarini oʻrganib, Milliy gvardiya va yongʻin xavfsizligi mas’ullariga kerakli tavsiyalar berdi.

Qoʻqon shahar hokimi  Ma’rufjon Usmonov hamrohligida Xudoyorxon Oʻrda maydonida boʻlib, sentabr oyining 21-23 kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan II-xalqaro “Hunarmandlar festivali” ga  tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech