Farg‘ona viloyati IIB rahbariyati Bag‘dod tumanida sayyor qabul o‘tkazdi
Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i, genaral-mayor Azizbek Ikramovning Bag‘dod tumanida o‘tkazgan sayyor qabuli chekka hududlarda yashovchi ko‘plab fuqarolarning uzog‘ini yaqin qildi.
Qabul davomida 21 nafar fuqarolardan turli masalalarda jami
21 ta murojaatlar qabul qilingan bo‘lib, har bir murojaat tegishli mutaxassislar
ishtirokida, joyida atroflicha o‘rganib chiqildi.
E’tiborlisi shundaki, murojaatlarning 7 tasi shu yerning o‘zida
ijobiy yechim topdi, 4 tasi yuzasidan fuqarolarga malakali huquqiy maslahatlar berildi.
Ko‘rib chiqish muddat talab etadigan 10 ta murojaatning ijrosi
nazoratga olindi.
Bir so‘z bilan
aytganda, o‘tkazilgan sayyor qabul aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini
yanada yuksaltirdi.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati