27 Oktyabr 2023 yil 1491

Bagʻdod tumani IIB boshligʻining oʻrinbosari “Eng yaxshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar targʻibotchisi” tanlovining Respublika bosqichida faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi 

Avval xabar qilganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori, Ichki ishlar vazirining buyrugʻi ijrosini ta’minlash, ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, shaxsiy tarkib oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, xodimlarda mutolaa madaniyatini yuksaltirish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, tizimdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan eng yaxshi rahbar xodimlarni aniqlash maqsadida “Eng yaxshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar targʻibotchisi” tanlovi e’lon qilingan edi.

Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb bayrami arafasida   mazkur tanlovning respublika bosqichi koʻtarinki ruhda oʻtkazilib, gʻoliblar nomi e’lon qilindi.

Quvonarlisi shundaki, Fargʻona viloyati Bagʻdod tumani IIB boshligʻining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik Elbek Dolimov faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. 

Gʻolib va sovrindorlar IIV madaniyat saroyida boʻlib oʻtgan tantanali bayram tadbirida Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʻlat Bobojonov  tomonidan munosib taqdirlandi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech