Aholini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish, qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqotlar tashkil qilinmoqda. Bugun Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Azizbek Ikramov tomonidan fuqarolar uchun boshqarma binosida qabullar o‘tkazilib, ularni murojaatlari sinchkovlik bilan o‘rganildi.
Qabul davomida fuqarolardan jami 14 ta murojaatlar kelib tushdi. Ulardan 3 tasi joyida ijobiy hal etildi. 2 ta murojaat yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berildi. Ko‘rib chiqish talab etilgan 9 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: