General-mayor Azizbek Ikramov Beshariq hamda Furqat tumanlarida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
Dastlab boshqarma boshlig‘i tuman IIBlarida bo‘lib, xodimlarning xizmat sharoiti, raqamlashtirish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, Beshariqdagi “qizil" toifaga kiruvchi Yangi hayot, Toshariq Furqat tumanidagi Ardaxshon hamda Navbahor mahallalarida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Jinoyatlarning oldini olish, aholi bilan profilaktik suhbatlarni kuchaytirish, fuqarolarni huquqiy madaniyati oshirish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish kerakligi ta’kidlandi. Ta’lim muassasalarining holati ko‘zdan kechirildi.
Asosli yondashuv, aniq rejalar asosida ish olib borish, mahalla faollari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha topshiriq va tavsiyalar berildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati