28 Oktyabr 2025 yil 188

Farg‘ona viloyati “Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi”ning navbatdan tashqari saylov-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Konferensiyada dastlab “Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi” rahbariyatini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston aralash jang san’ati (MMA) assotsiatsiyasining viloyat bo‘limi raisi, uning o‘rinbosari va a’zolari uchun ko‘rsatilgan nomzodlar tanishtirildi. Kengash a’zolari tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar bir ovozdan ma’qullandi.

Shundan so‘ng assotsiatsiyasining viloyat bo‘limiga yangi rais etib saylangan viloyat IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov “Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi”ning kelgusidagi ustuvor vazifalari haqida so‘z yuritdi.

Mazkur sport turini rivojlantirish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Konferensiyadan so‘ng viloyatimizdagi ushbu sport turiga ixtisoslashgan maktab va klublar faoliyati manzilli o‘rganilib, moddiy texnik bazasini yaxshilash borasidagi vazifalar belgilab olindi.

Text to speech