29 Mart 2025 yil 494

Quva Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Ushbu tadbirda Quva tuman ichki ishlar bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, Rasta MFY profilaktika katta inspektori hamda Taxtakoprik tuman MFY profilaktika inspektorlari ishtirok etishdi.

Tadbirda ishtirokchilarga o‘quvchi yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurashish,  xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash borasida chiqarilayotgan qonun va qarorni yetkazish, oila-turmush doirasidagi nizolar, shar’iy nikoh va erta turmushning salbiy oqibatlari,  shuningdek, yoshlar o‘rtasida giyohvandlikni oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.Qatnashchilarni qiziqtirgan savollariga mutasaddilar tomonidan javoblar berildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech