10 Yanvar 2025 yil 1084

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev rahbarligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatida o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda

Vazir o‘rinbosari tashrifning ikkinchi kunida Qo‘qon shahrida bo‘ldi. Jumladan, shahardagi “Muqimiy” mahallasida qad rostlayotgan viloyat IIB 2-mintaqaviy hudud muvofiqlashtirish markazi binosining qurilish ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, shahardagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida olib borilayotgan qurilish ishlarini borib ko‘rdi hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berdi.

Text to speech