9 Dekabr 2021 yil 1905

09-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Dunyoning rivojlanishi hamda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida korrutsiyaga qarshi kurashda birlashmogʻimiz lozim!

Korrupsiya – bu har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishini izdan chiqaruvchi eng xavfli jinoyatdir.

Hech qaysi mamlakat, biron-bir hudud yoki jamiyat yoʻqki u korrupsiyaga qarshi immunitetga ega boʻlsa.

Birlashgan millatlar tashkilotida barcha davlatlar hamkorlikda, ta’lim, tibbiyot, sud-huquq, demokratiyaning rivojlanishiga korrupsiyaning kirib borishiga asosiy e’tiborini qaratuvchi tadbir ishlab chiqilgan. Xalqaro tadbir oʻzining e’tiborini korrupsiyaning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda eng katta toʻsiq boʻlishga qaratadi.

Shu munosabat bilan 2003-yil 09-dekabr kuni Meksikada BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolangan va ushbu kun Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida e’lon qilingan. Shu tariqa 2004-yil 09-dekabr kunidan boshlab Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanmoqda.

Text to speech