21 Sentyabr 2022 yil 352

8 nafar shaxslar muddatidan oldin shartli ravishda jazodan ozod qilindi

Rishton tuman ichki ishlar boʻlimida probatsiya guruhi hisobida jazo oʻtab kelayotgan nazoratdagi shaxslar oʻrtasida qayta jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida davra suhbati va sayyor sud yigʻilishi oʻtkazildi.

Sud jarayonida ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni oʻtash davomida haqiqatdan ham mehnatga halol munosabatda boʻlgan, jazo oʻtash tartib-qoidalariga rioya qilgan, tuzalish yoʻliga oʻtgan, sudlar tomonidan oʻrnatilgan taqiq va cheklovlarga toʻliq amal qilganligi uchun Rishton tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻining taqdimnomasiga asosan turli muddatlarga axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazolari tayinlangan 8 nafar shaxslar muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.

2 nafar mahkum esa oʻziga tegishli xulosa chiqarmay, jazo oʻtashdan qasdan boʻyin tovlab yurganligi sababli ogʻirroq jazoga, ya’ni, ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech