4 May 2022 yil 444

6 nafar yoshlarga noqonuniy ta'lim bergan shaxs javobgarlikka tortildi

Joriy yilning 11 yanvar kuni Farg'ona viloyati IIB TEQKB va DXX xodimlari tomonidan o'tkazilgan tadbir davomida Bag'dod tumanida yashovchi X.S. ismli fuqaro bir necha oydan buyon o'z xonadonida tegishli davlat organining ruxsatnomasi bo'lmagan holda 6 nafar voyaga yetmagan shaxslarga arab tili gramatikasi bo'yicha ta'lim berish bahonasida norasmiy ravishda “Xujra” tashkil qilganligi fosh bo'ldi.

Ushbu holat yuzasidan ham tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, jinoyat ishlar bo'yicha Bag'dod tumani sudi tamonidan fuqaroga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 241-moddasi ko'ra bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari, ya'ni, 1 350 000 ming jarima jazosi tayinlandi.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech