16 Sentyabr 2022 yil
371
54.200.000 soʻmlik kartoshka mahsulotlari aytilgan muddatga yetib kelmadi
Fargʻona shahar.2022-yilning mart oyida A.Sh va birga yashovchi turmush oʻrtogʻi O.G.lar bir guruh boʻlib, T.M.ni ishonchiga kirib, oʻn kun muddatda kartoshka mahsulotini olib kelib berishlarini aytib, 54.200.000 soʻm pullarini olib, oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati