3 Iyun 2025 yil
1568
Tomorqadagi 450 tup ko‘knori fosh etildi
Buvayda tumani
IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, 1958 yilda tug‘ilgan Buvayda
qishlog‘ida yashovchi A.X. (ayol)ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan
kechirilganda, tomorqasida 450 tup ko‘knori o‘simligini parvarishlab kelayotganligi
aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hurmatli fuqarolar noqonuniy ekinlar parvarish qilmang. Bu albatta javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati