28 Aprel 2022 yil 807

350 AQSH dollari va jarima maydonidagi avtomashina

Fargʻona shahar.26-aprel kuni IIV SHXBB Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida I.F va M.T.lar bir guruh boʻlib, T.M.ning ishonchiga kirib, jarima maydonida saqlanayotgan jami 6.750.000 soʻm jarimasi mavjud boʻlgan “Lasetti-2” rusumli avtomashinasini Fargʻona viloyati YHXBdagi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hech qanday toʻlovlarsiz jarima maydonidan olib chiqib berishlarini aytib, 350 AQSH dollar pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni F.I va M.T.lar sodir etganligi aniqlanib, prоtsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech