31 Dekabr 2022 yil
354
3-sektor rahbariyati tashabbusi bilan 530 ta ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi
Yangi yil bayramini koʻtarinki ruhda kutib olish, bu borada xalqimizga munosib shart-sharoit yaratish maqsadida, ota-bobolarimizdan meros qolgan xayr-sahovat va insonparvarlik tushunchalariga tayanga holda 3-sektor rahbariyati tashabbusi bilan hozirda oila a’zolaridan biri migratsiyada boʻlgan 530 ta oilalardan xabar olindi.
Shundan 399 ta xonadonlarga moddiy koʻmak berildi. Jumladan, 383 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari va bayram sovgʻalari tarqatilgan boʻlsa, 16 ta oilaga naqd pul koʻrinishida yordamlar
berildi. Sahovat tadbirlari davomida jami 105 mln. 326 ming soʻmlik ijtimoiy yordamlar koʻrsatildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.