27 Mart 2023 yil 343

3 dona dastgoh qurilmasi va boshqa qimmat baho ashyolarni oʻgʻirlagan shovvozlar qoʻlga tushdi

Oltiariq tumani. Fuqaro M.R IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 05 yanvar kunidan 02 fevral kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida nomaʼlum shaxs, Mustaqillik koʻchasida joylashgan temir setka ishlab chiqarish sexiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, narxi 1.200 AQSh dollaridan boʻlgan 3 dona dastgoh boshqaruv qurilmasi, narxi 7.000.000 soʻmlik 100 metrli mis kabeli va 5.700.000 soʻmlik mis kontaktniklarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini malum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.R va voyaga yetmagan M.I sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech