27 Dekabr 2023 yil
3481
28800 dona pirotexnika vositalarini saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga tushdi
Farg‘ona viloyati
IIB JXX YHXB inspektorlari hamda Bag‘dod tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda
o‘tkazilgan tadbirlar davomida, Cho‘lyunus MFY.da yashovchi, Q.K.ning yoni xolislar ishtirokida
ko‘zdan kechirilganda, “Treniya” yozuvli 480 quti, 28800 dona, taxminiy qiymati
3.500.000 so‘m bo‘lgan pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida
tuman IIBga olindi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Q.K.ga nisbatan MJTKning 185-moddasiga prim 1-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Pirotexnika vositalari inson hayoti va sog‘ligi uchun xavflidir. O‘zingiz va o‘zgalarni bunday vositalardan jabrlanishiga aslo yo‘l qo‘ymang!
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati