25 May 2022 yil 657

Qoʻshtepa tumanida 262 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarni parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Qoʻshtepa tumani.17-may kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Xumdon mahalla hududida yashovchi E.D ismli ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 262 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarni parvarish qilib kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech