23 Dekabr 2023 yil
2768
Ayol xonadonida 25 000 000 so‘mlik pirotexnikalarni saqlab kelayotganligi aniqlandi
Farg‘ona tumani IIB xodimlari tomonidan Navro‘z m.f.y yashovchi M.R.ning (ayol) yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yashash xonadoni hovlisida, umumiy bahosi 25 000 000 so‘m bo‘lgan 112 dona “7 SHOTS” nomli perotexnika vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan
M.R.ga (ayol) nisbatan O‘zR. MJtKning 185-moddasi 1-qismiga asosan chora ko‘rishlik
uchun JIB Farg‘ona tumani Sudiga yuborildi.
Pirotexnika
vositalari inson hayoti va sog‘ligi uchun xavflidir. O‘zingiz va o‘zgalarni bunday
vositalardan jabrlanishiga aslo yo‘l qo‘ymang!
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati