26 Oktyabr 2021 yil 1852

25-oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami munosabati bilan faxriylar holidan xabar olindi

Ichki ishlar tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilib, odamlar tinchligi va osoyishtaligi, huquqlari daxlsizligiga munosib hissa qoʻshgan faxriylar koʻpchilikni tashkil qiladi.

25-oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan Fargʻona viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi rahbariyati tergov sohasida koʻp yillar mehnat qilib, nafaqaga chiqqan faxriylar holidan xabar olishdi.

Faxriylarga Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan chop etilgan “Tergov xizmati faxriylari” kitobi hamda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati nomidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Faxriylarning boy tajribasi bugun yosh xodimlarning xizmat faoliyatini samarali tashkil etishda, inson huquq va erkinliklarini munosib himoya qilishda, yurtimiz tinchligini ta’minlashda zarur ekanligi e’tirof etildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech