11 Dekabr 2023 yil 1481

Farg‘ona tumanida 24.000.000 so‘m miqdorida bo‘lgan 132.000 dona “Britanik” nomli pirotexnika vositalarini xonadonida saqlagan shaxs aniqlandi

Farg‘ona tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida, Xo‘ja Axmad Vale MFYda yashovchi, O.Z.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yashash xonadonida taxminiy narxi 24.000.000 so‘m miqdorida bo‘lgan 132.000 dona “Britanik” nomli pirotexnika vositalarini aniqlandi.

Holat yuzasidan O.Z.ga nisbatan O‘zR.MJtKning 185-moddasi prim 1-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortish chorasi ko‘rilgan.

Pirotexnika vositalari inson hayoti va sog‘ligi uchun xavflidir. O‘zingiz va o‘zgalarni bunday vositalardan jabrlanishiga  aslo yo‘l qo‘ymang!

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech