Rishton.2020 yil 23 fevral kuni, O'yrat qishlog'ida yashovchi, 32 yoshli S.R., 2019 yil oktyabr oyida tanishi Yashinobod qishlog'ida yashovchi, 38 yoshli T.E.ning ishonchiga kirib, Davlat Unitar Korxonasiga xaydovchilik lavozimiga ishga kiritib qo'yishni va'da qilib, 200 AQSh dollarini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritganligini ma'lum qilgan. Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan T.E.ga nisbatan O'z.R. JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.