20 nafar fuqaroga noqonuniy saboq bergan shaxsning qilmishlari fosh bo'ldi
Joriy yilning 21 fevral kuni Farg'ona viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida Qo'shtepa tumani ham 2 yildan buyon noqonuniy diniy ta'lim berish bilan shug'ullanib yurgan shaxsning qilmishlariga chek qo'yildi.
Aslida Namangan viloyati Yangi Qo'rg'on tumanida ro'yxatda turib yashagan O.A ismli fuqaro jami 20 nafar shaxsga noqonuniy diniy ta'lim berib kelayotgani aniqlangan. Eng ajablanarlisi, undan dars olayotganlarning 17 nafari voyaga yetmaganlar bo'lib, 13 nafari Namangan viloyatidan, 1 nafari Qashqadaryo viloyatidan kelganligi ma'lum bo'ldi.
Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishlar bo'yicha Qo'shtepa tumani sudi tomonidan ushbu fuqaroga O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 241-moddasi bilan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati