19-umumta’lim maktabida kiberjinoyatchilikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Farg‘ona viloyatida jamoat xavfsizligini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida
huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa, internet tarmog‘ida
keng tarqalayotgan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida muntazam
ravishda profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda
Shu maqsadda Farg‘ona viloyati IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan 19-umumta’lim maktabida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda kiber jinoyat turlari, ularning oqibatlari, internet foydalanuvchilarining huquqiy va axloqiy mas’uliyati, shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, bu kabi jinoyatlarning qurboni bo‘lib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilariga batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek mazkur ta’lim muassasida sodir qilingan jinoyat
keng jamoatchilik ishtirokida shahar IIB rahbariyati tomonidan muhokama
qilindi.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati