27 Dekabr 2022 yil 380

10.000.000 soʻmlik trubalarni oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi

Fargʻona tumani. Konchilar mahalla hududida yashovchi fuqaro D.J IIBga murojaat qilib, 15-dekabr kunidan 16-dekabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs A.R.ning yashash honadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadoni molxonasida boʻlgan narxi 10.000.000 soʻmlik 25-dona 100-metrlikoʻlchamdagi trubalarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni D.J sodir etganligi aniqlanib, teryogov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech