16 Fevral 2022 yil 530

10 000 AQSH dollari va telefonlar

Fargʻona shahri. 15-fevral kuni Fargʻona shahar IIO FMBga shaharning Qizilqiya koʻchasida istiqomad qiluvchi fuqaro A.S murojaat qilib, 2021-yilning iyun oyida tanishi, A.J telefon apparatlari olib kelib berishligini aytib, unining jami 10 000 AQSH dollari pullarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritib, bergan va’dasini bajarmaganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlangan A.J aniqlanib, xozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Hurmatli fuqarolar har qanday oldi-berdi munosabatlarini notarial tartibda rasmiylashtirishni unutmang. Aks holda firibgarlar tuzogʻiga ilinib qolasiz.

Eslatib oʻtamiz yuqoridagi kabi jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech