20 Mart 2025 yil 1903

Toshloq tumanida Prezidentimizning 1-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha qilingan ishlar tahlil qilindi

Xabaringiz bor,  Prezidentning “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori bilan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilgan.

Toshloq tuman IIB hamda prokuraturasi tomonidan mahalla yettiligi ishtirokida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, aholi bandligini ta’minlash va yoshlar bilan ishlashish, hududlarni raqamlashtirish bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech