1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati faxriy ustozlar xolidan xabar oldilar
Ustoz otangdek ulugʻ degan naql bor xalqimizda.Ichki ishlar tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilib, odamlar tinchligi va osoyishtaligi, huquqlari daxlsizligiga munosib hissa qoʻshgan faxriylar koʻpchilikni tashkil qiladi.
Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshligʻi Azamat Kozimov rahbarligida IIO tergov sohasida faoliyat yuritib, nafaqaga chiqqan faxriylar holidan xabar olindi. Ularga boshqarma rahbariyatining bayram tabrigi hamda estalik sovgʻalari topshirildi.
Mana shunday faxriylarning boy tajribasi bugun yosh xodimlarning xizmat faoliyatini samarali tashkil etishda, xizmat sifati va samaradorligini oshirishda hamisha zarur.
Uchrashuvlarda ta’kidlanganidek, inson huquq va erkinliklarini munosib himoya qilishda, yurtimiz tinchligi, osoyishtaligini ta’minlashda faxriy ustozlar hamisha oʻzlari xizmat qilgan, tizim bilan yelkadosh.
Ular koʻrsatilgan ragʻbat va e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati