1 Oktyabr 2021 yil 1387

1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Yozyovon tumanida yugurish marafoni tashkil etildi

Yozyovon tuman hokimligi hamda tuman IIB tashabbusi bilan yoshlar agentligi, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi hamkorligida tashkil etilgan ushbu sport musobaqasida IIOda xizmat qilayotgan xodimlar va ularning farzandlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Ushbu marafon chin ma’noda ustozlarga koʻrsatilgan mehr va e’tibor na’munasi boʻldi.

Tadbir yakunida IIOda xizmat qilib, ustozlik maqomiga yetgan, bugun faxriylar safida umrguzaronlik qilayotgan ustozlar hamda marafon gʻoliblariga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech