9 Fevral 2022 yil 372

1 850 AQSH dollari evaziga Avstriya davlatiga  oʻqishga olib kirib qoʻyishini aytib pullarni o'z ehtiyoji uchun sarflab yuborgan shaxs qoʻlga olindi

Fargʻona shahri. 4-fevral kuni U.I  IIBga murojaat qilib, unga koʻra 2020-yilning dekabr oylarida noma’lum shaxs uning ishonchiga kirib, 1.850 AQSH dollari evaziga Avstriya davlatidagi universitetga oʻqishga olib kirib qoʻyishini aytib, pullarni olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni ehtiyoji uchun sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB  huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.Q sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech