5 Sentyabr 2022 yil 3537

Fargʻona viloyati IIB boshligʻi 3-sektor rahbari, polkovnik Muhiddin Joʻrayev Yozyovon tumanidagi 27-umumta’lim maktabida oʻtkazilgan “Mustaqillik darsi” da ishtirok etdi

“Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida oʻtkazilayotgan mustaqillik darslari bilimga chanqoq oʻgʻil-qizlarni oʻquv yilining ilk kunida yana jamul-jam qildi.

Mazkur ta’lim muassasadida bugungi kunda 265 nafar oʻquvchilar ta’lim va tarbiya olmoqda. 35 nafar bolajonlar 1 sinfga qabul qilindi.

Viloyat IIB boshligʻi oʻquvchilarni Bilimlar kuni bilan qutlab, boshlanayotgan oʻquv yilida ham ularning yuksak marralarni egallashlariga, fan sirlarini qunt bilan oʻzlashtirishlariga ishonch bildirdi. Mazkur jarayonda yoshlarga ta’lim va tarbiya berib kelayotgan pedogog-xodimlarning sharafli va mashaqqatli faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Boshqarma boshligʻi mustaqillik darsida bevosita ishtirok etib, oʻgʻil qizlar bilan suhbat qurdi. Mustaqillik darslarining mazmun-mohiyati haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Yoshlarni hamisha hamjihat boʻlishga, oʻqib izlanishga, Vatanni sevishga, tinchlik va osoyishtalikni qadrlashga chorladi.

Bilimga chanqoq oʻquvchilarga televizor hamda badiiy kitoblar sovgʻa qilindi.

Darhaqiqat 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida ta’limni va inson kapitalini rivojlantirish asosiy vazifalardan biri sifatida oʻrin olgan.

Sektor rahbari ta’lim muassasasidagi oʻquv jarayonlari, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Kelgusida maktabni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga kelishib olindi.

Zero, farzandlari birimli yurtning kelajagi ham buyuk boʻladi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech