12 Avgust 2022 yil 399

Qoʻqon shahrida yana bir talonchi qoʻlga olindi

Qoʻqon shahar. 05-avgust kuni A.Navoiy mavzesida joylashgan savdo doʻkoni oldida savdo qilayotgan A.G ismli ayoldan pul talab qilib, qoʻlida boʻlgan bir dona narxi 600.000 soʻmlik “Samsung J 5” rusumli telefon apparatini qarshilik qilishiga qaramasdan ochiqdan-ochiq talonchilik yoʻli bilan talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinayotgan vaqtida, Fargʻona viloyati IIB Ikkinchi mintaqiviy hudud PPX otryadi 3-guruh xodimlari tomonidan ushlanib F.Akbarovdan “Samsung J 5” rusumli telefon apparatini ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech