12 Oktyabr 2022 yil 408

Fargʻona shahrida uyali telefon apparatini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan voyaga yetmagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Fargʻona shahar.2022-yilning 9-sentabr kuni voyaga yetmagan M.A A.Sh.ga tegishli boʻlgan shahar markazida joylashgan savdo doʻkoniga kelib narxi 900.000 soʻmlik “Samsung A-40” rusumli telefon apparatini vaqtincha foydalanish sharti bilan olib noma’lum tomonga ketib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech