2 Noyabr 2022 yil
407
Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari qidiruvdagi shaxslarni qoʻlga olishdi
Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismida (talonchilik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan T.S.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan A.N.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati