29 Avgust 2022 yil 2611

Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi oʻtkazildi

Tadbir avvalida Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining “AXBOROT” informatsion koʻrsatuvi namoyish etildi.

Shundan soʻng Fargʻona davlat universitetining Oʻzbekiston tarixi fani katta oʻqituvchisi Ravshanbek Akbarov hamda “Qatagʻon qurbonlari” muzeyi direktori, dotsent Sobirjon Siddiqovlar tomonidan “Qatagʻon qurbonlari – istiqlol fidoyilari” mavzusida ma’ruza qilindi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi Tashkiliy boshqarma boshligʻining yuridik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik Alisher Shermatov tomonidan “Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammiti – tarixiy ahamiyatga molik voqea” mavzusidagi ma’ruza ham xodimlarining siyosiy-huquqiy bilimlarini boyitishga xizmat qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Faxriylar kengashining 2022-yil 22-avgust kunidagi 6-sonli farmoyishi bilan bir guruh fargʻonalik soha faxriylar esdalik nishonlari bilan taqdirlangan edi. Boshqarma rahbariyati faxriylarga ushbu mukofotlarni tantanali rivishda topshirdi.

Shuningdek, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining shaxsiy tarkib boʻyicha tegishli buyruqlari bilan nafaqaga chiqqan xodimlarga ham qimmatbvho esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Tadbirdan soʻng kitob yarmarkasi oʻtkazildi. Soha xodimlari Ichki ishlar vazirligi tomonidan oʻqish uchun tavsiya qilingan 39 nomdagi adabiyotlar va boshqa qiziqarli kitoblarni shu yerning oʻzida maqbul narxlarda sotib oldilar.

Mustaqilligimizning 31 yillik bayrami arafasida oʻtkazilgan ma’naviyat va ma’rifat darsi xodimlarning intellektual salohiyatini oshirishga, ular qalbidagi vatanga muhabbat, kasbga sadoqat tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech