Fargʻona tumanida giyohvandlik oʻsimliklarini yetishtirayotgan shaxs aniqlandi
Fargʻona tumani. 2023-yilning 12-iyun kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Qorasuv mahalla hududida yashovchi, K.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 49 tup koʻknori oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati