3 Sentyabr 2021 yil 645

Oʻzbekiston tumanida ijtimoiy tarmoq orqali aldangan ayol IIBga murojaat qildi

Oʻzbekiston tumani. 13-iyun kuni R.Z. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021-yil 19-may noma’lum shaxs bilan internet ijtimoiy tarmogʻi orqali tanishib, internet ijtimoiy tarmogʻidagi sovrinli oʻyinda pul mukofotini yutib olganligini va ushbu pullarni plastik kartasi hisobiga oʻtkazib berishini aytib, aldov yoʻli bilan nomiga rasmiylashtirilgan tegishli bank tomonidan berilgan plastik karta raqami va kodini aldov yoʻli bilan olib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 1.838.009 soʻm pul mablagʻlarini boshqa plastik karta hisobiga oʻtkazish orqali qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlmii tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.B. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech