21 May 2022 yil 334

Fargʻona shahrida uyali telefon oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

Fargʻona shahar.Fuqaro K.I IIBga murojaat qilib, unda 15-fevral kuni soat 11:30 larda noma’lum shaxs J.Manguberdi koʻchasida joylashgan “Jamoat salomatligi instituti” binosida narxi 3.800.000 soʻmlik “Redmi-S1” rusumli uyali telefon apparatini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Fargʻona viloyati IIB TQXB va shahar IIO FMB 3-son IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni D.N sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech